Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining “Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qarori qabul qilindi.
Namunaviy shtatlar oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan joriy etiladi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan namunaviy shtatlarning 2 va 3-pozitsiyalari quyidagi lavozimlar bilan taqdim etilgan:
- o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) (ilgari - o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari);
- yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) (ilgari - o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari).
Yuqorida ko‘rsatilgan lavozimlar mamlakatning barcha OTM namunaviy shtatlariga kiritiladi.
Lavozim - yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) namunaviy shtatlardan chiqarib tashlanadi.
Monitoring va ichki nazorat bo‘limi (talabalar soni 1500 kishigacha bo‘lgan OTMda - monitoring va ichki nazorat sektori) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi (talabalar soni 1500 kishigacha bo‘lgan OTMda - jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori) etib qayta nomlandi. Bo‘lim (sektor) quyidagi lavozimlar bilan taqdim etilgan: bo‘lim boshlig‘i (sektor mudiri), bosh mutaxassis, inspektor.
Yangi bo‘lim - korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi kiritiladi. Mazkur bo‘lim bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis bilan taqdim etilgan. Bo‘lim boshlig‘i lavozimi talabalar soni 1 500 kishigacha bo‘lgan OTMda nazarda tutilmagan.
Boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ham kiritilgan.
Hujjat Prezidentning 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni, 2019 yil 8 oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni, 2019 yil 11 iyuldagi "Oliy va o‘rta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, 2020 yil 28 apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, 2021 yil 26 martdagi "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi "Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qaroriga muvofiq qabul qilingan.