Oliy ta’lim vaziri: «Kelinglar, uch-to‘rttamas, besh-oltita fanni dars jadvalidan olib tashlaylik» (video)


Kuni kecha Yoshlar press-klubida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati ishtirokida to‘lov-kontrakt va stipendiya masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda qatnashgan talabalardan biri, dars jadvalidagi 3-4 ta mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlarni jadvaldan olib tashlash va shu orqali ta’lim xarajatlarini kamaytirishni taklif etdi.

Mazkur taklifni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ham qo‘llab-quvvatladi. 

«Kelinglar, uch-to‘rttamas, besh-oltita fanni dars jadvalidan olib tashlaylik- dedi vazir.-Fanlar sonini kamaytiramiz. Albatta kredit tizimiga o‘tib bo‘lgach. Fanlar shunchaki yo‘qolmaydi, ular yiriklashadi. Keyin bunda o‘qituvchi fanning 30 foizini o‘rgatadi, 70 foizini o‘zing o‘rgan deydi. Bundan biz erta qanday natija olamiz, bilmaymiz. Fanlarni tanlash xorij tajribasida bor. Ammo bunda yana narx oshib ketishi mumkin. Hozircha fanlarni optimallashtirish eng maqbul variant. Biz bakalavriatni uch yillik taklifini kiritganmiz. Lekin masalan yuridik sohaga to‘rt yillik tarqalgan bu bekorga emas. Texnika sohasida esa to‘rt yil ham yetmayapti»-,dedi vazir.

 

Manba: xabar.uz