O‘quvchilarning qobiliyati va ijodiy iqtidorini kashf etish, ularni alohida fanlar va darslarni chuqurlashtirib o‘rganishga qiziqtirish, kasbiy yo‘nalishini tanlashiga hissa qo‘shish maqsadida ular orasida turli fanlar olimpiadalari o‘tkaziladi.
Oliy o‘quv yurtlariga kirayotgan bitiruvchilar uchun olimpiadada ishtirok etish alohida ahamiyatga ega, chunki respublika va xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladi.
Olimpiadalarni o‘tkazish tartibi
Respublika olimpiadalari har yili akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari (12 yillik majburiy ta’lim tizimiga to‘liq o‘tishdan oldin) va 9-sinflar (12 yillik majburiy ta’lim tizimiga to‘liq o‘tgandan keyin) orasida o‘tkaziladi.
Olimpiadalarning umumta’lim fanlari ro‘yxati, o‘tkazilish tartibi va muddatlari umumta’lim maktablarining IX sinf o‘quvchilari uchun – Xalq ta’limi vazirligi tomonidan, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun – OO‘MTVning O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadi.
Olimpiadalar to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
O‘tkazish darajasi |
Qatnashchilar |
1-bosqich: O‘qish joyi. |
Umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining barcha o‘quvchilari. |
2-bosqich: Tumanlar hamda tumanlarga bo‘linmagan holda shaharlar. |
Avvalgi bosqichlarda I, II, III o‘rinlarni olgan g‘oliblar.
|
3-bosqich: Viloyatlar, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri. |
|
4-bosqich: Respublika |
G‘oliblar 76 dan 100 ballgacha yiqqanlar orasidan saralanadi. Chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha 1-bosqichda 1-o‘rinni olgan akademik litseylar va umumta’lim maktablari o‘quvchilari tuman bosqichini chetlab o‘tib (2-bosqich), viloyat bosqichiga yo‘llanma oladi (3-bosqich),
Xalqaro olimpiadalar
Xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini aniqlash saralash usulida amalga oshiriladi.
Saralash bosqichi |
Ishtirokchilar |
Bosqichlardan o‘tish mezonlari |
1-bosqich |
- akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 2-, 3-bosqichlari o‘quvchilari; - o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-, 11-sinflari o‘quvchilari. |
umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadalarining 3-bosqichida I–V-o‘rinlarni olganlar. |
2-bosqich |
1-bosqich g‘oliblari. |
I, II, III-o‘rinlarni egallaganlar. |
G‘oliblarni aniqlash |
G‘oliblar Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tavsiya etilgan ekspertlar guruhi tomonidan tekshiriladigan yozma ish asosida aniqlanadi. |
Olimpiadalar g‘oliblariga imtiyozlar
Umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarida 1–3-o‘rinlarni, xalqaro olimpiadalarda 1-5-o‘rinlarni olgano‘rta maxsus o‘quv muassasalari bitiruvchilari va umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari testlar va qo‘shimcha imtihonlarsiz oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinadi. Bunda oliy o‘quv yurti mutaxassisliklari va olimpiadalar fanlari o‘rtasidagi muvofiqlik inobatga olinadi [2].
Bu - muhim! Oliygohga imtiyozli kirish huquqi olimpiada o‘tkazilgan kundan boshlab 1 yil mobaynida amal qiladi.
Har yili respublika ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha davlat komissiyasi har bir olimpiada fani bo‘yicha mutaxassisliklar ro‘yxatini tasdiqlaydi va ular bo‘yicha «olimpiadachilar» imtihonsiz qabul qilinishi mumkin.
Oliy o‘quv yurtiga qabul uchun qabul komissiyasiga xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarining maxsus guvohnomalari topshiriladi.
Bundan tashqari, olimpiadalar g‘oliblariga pullik rag‘batlantirishlar belgilangan:
- xalqaro olimpiadalardagi 1-, 2-, 3-, 4-, 5-o‘rinlar uchun – tegishincha talaba stipendiyasining 10, 9, 8, 7, 6 barobari miqdorida;
- respublika olimpiadalaridagi 1-, 2-, 3-o‘rinlar uchun – tegishincha talaba stipendiyasining 3, 2, 1 barobari miqdorida.
Respublika olimpiadalarida umumta’lim fanlari bo‘yicha 1-5-o‘rinlarni olgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari respublika tashkiliy qo‘mitasining yo‘llanmasiga binoan o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘qishga kiradi.
Oliy o‘quv yurtiga qabul qilingan xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari shakllantirilayotgan guruhlar ichida xorijdagi ta’lim muassasalariga yo‘naltirish bo‘yicha imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
Manba: norma.uz