Hukumat qarorlari bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali tashkil etildi.
Mazkur filiallarning tuzilmasi hamda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha ta'lim yo‘nalishlari qaror bilan tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
2019–2020 o‘quv yilida filiallarga 50 nafardan talaba qabul qilinadi.
2020–2021 o‘quv yilidan boshlab esa mazkur filiallarga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.