Nodavlat OTM ayrim talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatiladi


Hukumat qarori bilan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

  • oliygohlar – har yili 15 sentabrga qadar joriy o‘quv yilida ijtimoiy ta’minot yordami uchun mablag‘ oluvchi talabalar soni hamda ularga to‘lanadigan ijtimoiy ta’minot yordami uchun mablag‘ miqdorini hisoblaydi va budjetdan zarur mablag‘lar ajratilishi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga so‘rovnoma kiritiladi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1 oktyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan amaldagi o‘quv yili uchun ijtimoiy ta’minot yordami to‘lovlariga sarflanadigan mablag‘larni to‘liq hajmda ularning hisob varaqlariga o‘tkazib beradi.

Ijtimoiy ta’minot yordami talabalarning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i nazar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.