2017 yil 5 may kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida"gi Qarorida Navoiy davlat konchilik institutining maxsus sirtqi bo‘limiga to‘lov-kontrakt asosida 90 nafar talaba o`qishga qabul qilinadi.
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limga talabalarni qabul qilish nazarda tutilgan:
5311600-Konchilik ishi- 15=10(o`zbek)+5(rus)
5312200-Konchilik elektr mexanikasi - 15=10(o`zbek)+5(rus)
5310200-Elektr energetikasi - 15=10(o`zbek)+5(rus)
5310300-Metallurgiya - 15=10(o`zbek)+5(rus)
5320200-Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish - 15=10(o`zbek)+5(rus)
5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish va boshqarish - 15=10(o`zbek)+5(rus)
Maxsus sirtqi bo`limga topshiriladigan hujjatlar ro`yxati:
1. Ariza
2. O`rta- maxsus kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi
3. 0-86-U-shakl bo`yicha tibbiy ma'lumotnoma
4. Passportning nusxasi
5. 3.5x4.5 sm hajmdagi 6-dona rangli fotosurat
6. Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma;
7. Ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (ishlab turgan korxona rahbari tomonidan imzolangan)
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham)