Namangan muhandislik-texnologiya instituti loyihasini Jahon banki moliyalashtiradi


Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash» loyihasi uchun mablag‘ ajratildi. Ushbu loyiha doirasida Namangan muhandislik-texnologiya institutining «To‘qimachilik sanoatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun innovatsion o‘quv markazini yaratish» loyihasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 80 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirildi.

Loyiha davomida «ta’lim-fan va ishlab chiqarish» integratsiyasini yanada yaxshilash, sohaga malakali mutaxassis kadrlar yetkazib berish, texnik sohalar uchun o‘qitishning innovatsion yondashuv usullarini joriy etish, professor-o‘qituvchilarni ilg‘or texnologiyalar joriy etilgan korxonalarda stajirovka o‘tashi kabi izchil ishlar amalga oshiriladi. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Manba: xabar.uz