Moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar: ular qanday mustaqillikka ega?


Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari RO‘YXATI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga, jumladan, quyidagi vakolatlar boʻyicha moliyaviy mustaqillik berildi:

  • ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;
  • talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
  • o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish.

Shuningdek, qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan kuzatuv kengashlarining 10 ta vakolati belgilab berildi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berildi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘lar sarflashga ruxsat berildi.


Moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar ro‘yxati:

1.Samarqand davlat chet tillar instituti

2.Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

3.Toshkent davlat yuridik universiteti

4.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5.Toshkent moliya instituti

6.Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

7.Toshkent farmasevtika instituti

8.Toshkent davlat transport universiteti

9.Urganch davlat universiteti

10.O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

11.Andijon mashinasozlik instituti

12.Toshkent kimyo texnologiya instituti

13.Samarqand davlat universiteti

14.O‘zbekiston milliy universiteti

15.Toshkent davlat texnika universiteti

16.Toshkent tibbiyot akademiyasi

17.Qoraqalpoq davlat universiteti

18.Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti

19.Buxoro davlat universiteti

20.Buxoro davlat tibbiyot instituti

21.Samarqand davlat tibbiyot instituti

22.Qarshi davlat universiteti

23.Termiz davlat universiteti

24.Toshkent davlat agrar universiteti

25.Guliston davlat universiteti

26.O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

27.Namangan davlat universiteti

28.Farg‘ona davlat universiteti

29.Geologiya fanlari universiteti

30.Andijon davlat universiteti

31.Andijon davlat tibbiyot instituti

32.Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

33.Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

34.Toshkent davlat stomatologiya instituti

35.Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Izoh: 2023 yil 1 yanvardan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Respublika oliy ta’lim kengashi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur ro‘yxatga qo‘shimcha davlat oliy ta’lim muassasalarini kiritish huquqi beriladi.