Matematika blogidan informatika savollari olib tashlanadimi?


2018 yilning 3-aprelida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi 261- sonli Hukumat qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda belgilanishicha, 2018 yildan boshlab kirish imtihonlaridagi har bir fandan 30 talik savollar to‘plami beriladi.

Shu vaqtga qadar kirish imtihonlarida matematika fani mavjud 36 talik savollar orasida informatika fanidan ham 6 ta savollar mavjud edi! Matematika to‘plamidagi informatika savollar miqdori qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

DTM saytida berilgan namunaviy test topshiriqlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu yil ham informatika fanidan ham savollar saqlanib qolinadi. Faqat boshqa miqdorda. Demak, matematika to‘plamidagi savollar miqdori quyidagi tartibda bo‘ladi:

Matematika va algebra: 19

Geometriya va stereometriya: 6

Informatika: 5

Demak informatika fanidan ham tayyorlanishda davom etamiz. Barchaga OMAAAADDD!!!