Bu haqda bugun 26 yanvar kuni maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimotda Prezidentga ma’lumot berildi.
- O‘zbekistonda hozirgi kunda 10 ming 284 ta maktab bor.
- Hozirgacha 208 ta maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga 3 ta yo‘nalish bo‘yicha kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
- Chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 ming nafardan 18 mingga yetdi.
- Hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan.
Respublika bo‘ylab 14 ta hududdagi malaka oshirish markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish dasturlarini joriy etish vazifasi qo‘yildi.