Bu yil 1-sinfga 2017 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
O‘zbekistonda 2024-2025 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar qildi.
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich - 20 iyundan 31 iyulgacha mikrohudud doirasida, 2-bosqich - 1 avgustdan 15 avgustgacha mikrohududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari qator tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda, ota-onalar 20 iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishi mumkin.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.