Madaniyat va sanʼat sohasida qabul kvotalari ko‘paytiriladi va yangi ta‘lim yo‘nalishlari ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va taʼsirini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2021 yilda Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari qo‘g‘irchoq teatrlari binolarini qurish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: 

  • hududlarda tashkil etilayotgan teatrlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda kelgusi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutidagi Aktyorlik sanʼati (qo‘g‘irchoq teatr aktyorligi) va Rejissyorlik (qo‘g‘irchoq teatr rejissyorligi) yo‘nalishlariga qabul kvotasini ko‘paytirishni;
  • qo‘g‘irchoq teatrlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida shaffoflik va adolat tamoyillari asosida qo‘g‘irchoq teatri rejissyorligi, aktyorligi va dramaturgiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil qilishni;
  • Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qo‘g‘irchoq teatri rassomi" bo‘limini ochish;