Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etiladi


Bugungi kunda yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular mulk shakli, yo‘nalishi, axborot uzatish vositalariga ko‘ra turlichadir. O‘z-o‘zidan ravshanki, ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar kerak. Afsuski, bunday keng ko‘lamli vazifani bir joyda markazlashtirgan holda hal etadigan tayanch oliy o‘quv yurti mamlakatimizda mavjud emas", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu maqsadda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish zarurligi qayd etilgan edi.

2018-yilgi davlat dasturiga asosan yurtimizda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti faoliyati tashkil etiladi. Dasturga asosan shu maqsadda quyidagilar aks ettirilgan Prezident Farmoni loyihasi 20-martgacha qadar ishlab chiqiladi:

  • Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish;
  • Universitetning vazifa va funksiyalarini aniq belgilash;
  • malakali jurnalistlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan hududlardan talabalarni oliy ta’lim muassasiga kirishga maqsadli tayyorlash uchun qabul qilish.