Bugun, 18 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida AQShning Vebster universiteti vitse-prezidenti Dj.Shuster rahbarligida delegatsiya qabul qilindi.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar berildi.
Muzokaralarda Toshkent shahrida AQShning Vebster universiteti filialini tashkil etish va 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarni qabul qilinishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
2019 yil 5 fevral kuni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov hamda Vebster universiteti prorektori Dj.Shuster tomonidan Kelishuv bitimi imzolangan edi.
Vebster universiteti delegatsiyasi Bitimda belgilangan vazifalar hamda Toshkent shahrida Vebster universiteti filialini tashkil qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish maqsadida joriy yil 18-21 fevral kunlari yurtimizda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.
Tashrif jarayonida AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlari hamda boshqa OTMlarga tashrif buyuradi.