Joriy yil ham abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin


"Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, joriy yil ham 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin.

Qarorga ko‘ra abituriyentlarga:

  • test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;
  • ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.