Joriy yil davlat imtihonlari vaqtida bunker, X-variant degan gaplar bo'ladimi?


7 iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yiliga abituriyentlar qabuli mavzulariga bag‘ishlandi.

Anjuman davomida jurnalistlar tomonidan «Joriy yil davlat imtihonlari vaqtida bunker, X-variant degan gaplar bo‘ladimi?» deb yo‘llangan savolga Oliy va o‘rta-maxsus ta`lim vaziri birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Inomjon Madjidov quyidagicha javob berdi:

«Oliy ta`lim muassasalarida bunday ishlar bo‘lmaydi. Lekin tashqarida nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlari bu holatlarni kamaytirishdan manfaatdor».

Shuningdek, anjuman spikerlari ota-onalar ko‘chada o‘qishga olib kirishni va`da beruvchi firibgarlarga ishonmay, farzandlarini bilim olishga, izlanishga yo‘naltirishlarini, bu esa albatta, o‘z natijasini berishini alohida ta`kidlab o‘tishdi.