Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumoti tegishli vazirliklardan olinadi


Ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotlar bazaga kiritilganidan so‘ng abituriyentlar tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilab olishi mumkin.

My.uzbmb.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda ta’lim muassasasini tugatgan yili sifatida 2022 yilgacha bo‘lgan yillarni tanlash mumkin. Bunda 2023 yil chiqmaydi.

«Ta’lim nazorati» kanali xabariga ko‘ra, joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

Ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq shakllantirilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlar tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan, o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi)ga murojaat qilishi kerak.

Ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotlar bazaga kiritilganidan so‘ng abituriyentlar «Tugatgan ta’lim muassasasi» bo‘limidan «Yangilash» tugmasini bosish orqali tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilab olishi mumkin.