Jizzaxda yangi universitet ish boshladi


Jizzax viloyati xokimi Ergash Saliyevning joriy yilda viloyatda amalga oshirilgan ishlar va islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobot oldidan, AOKA tomonidan tashkil qilingan press-tur doirasida OAV vakillari Jizzax shahridagi «Sambhram» universitetida bo‘lishdi.

Ushbu universitet (Hindiston) nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanib, o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, ingliz tilida hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda dars jarayonlari 2 smenada tashkil etilib, 1500 nafardan ortiq talabalar dars mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Universitet faoliyatiga Hindistondan 16 nafar professor-o‘qituvchilar va O‘zbekistondan 30 nafar professor-o‘qituvchilar jalb etgan. 2021-2022 o‘quv yilida 2000 ga yaqin talaba o‘qishga qabul qilingan. Ta’lim muddati 4 yil (kunduzgi) bo‘lib, 3 ta bakalavr va 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha xujjatlar qabul qilingan.

Bakalavriat yo‘nalishiga Axborot texnologiyalari muhandis-dasturchisi (B.Tech.IT), Axborot texnologiyalari fanlari va (B.Sci.IT)va Biznes boshqaruvi (VVA.IT) kiradi. Magistratura yo‘nalishi esa Axborot texnologiyalari fanlari (M.Sc.IT) va Biznes boshqaruvidan (MVA.IT) iborat.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston va Hindistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.