Jizzaxda 10 ta sohta diplomni pullaganlar ushlandi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 1-son kasb hunar maktabida mas’ul shaxs 500 AQSH dollar evaziga bir fuqaroga sohta diplom yasab berishini aytib, fuqaroning pasporti va shahodatnomasini olib qo‘ygan. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki Ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ma’lum qilindi. Mazkur tezkor tadbir esa “O‘zbekiston 24" telekanalida efirga uzatilgan.

Unda aytilishicha, tumanning So‘g‘diyona mahallasida yashovchi ayol 100 AQSH dollarni o‘zida qoldirib, 400 AQSH dollar va hujjatlarni hamkasbiga berishni aytgan. Tadbir davomida esa mutasaddi xodim ashyoiy dalillar bilan, pul va hujjatlarni Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida turuvchi tanishiga berayotgan vaqtda pora bilan qo‘lga olingan.

Ajablanarlisi,1981 yilda tug‘ilgan ayol oldin ham ushbu jinoyatni sodir etgani uchun ahloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv ishlarida tadbirkorlar 10 ta odamga sohta diplomlarni pullaganliklari aniqlandi.

“Shaharning “Sayiljoyi" mahalasida istiqomat qiluvchi fuqaro 2022 yilning avgust oyida 4 mln so‘mga, Sharof Rashidov tumani “Ziyokor" mahallasida yashovchi er-xotinlar sentabr oyida 500 AQSH dollarga, “Toqchi"lik shaxs 3 mln 200 ming so‘mga, Zafarobod tumani “Pistalikent" shaharchasida yashayotgan 2 nafar shaxs 4 mln so‘mdan 2020 yilning iyun-iyul oylarida, ularning yana bir mahalladoshi joriy yil agust oyida 3 mln 500 so‘mga, Zafarobodlik yana 2 kishi joriy yilning may va avgust oylarida 2.5 mln so‘m va 450 AQSH dollariga sohta diplom sotib olishgan", deyiladi “O‘zbekiston 24" telekanalining “Vaziyat24" ko‘rsatuvida.

Aniqlanishicha, ushbu diplomlarning bittasi Jizzax shaxar “Uy-joy va qommunal xo‘jalik" kasb-hunar maktabi qolgan 6 tasi “Maishiy xizmat", 2 tasi “Jizzax tuman iqtisodiyot", 1 tasi “Jizzax tuman transport va aloqa" kasb-hunar kolleji tomonidan rasmiylashtirilgan.

Xozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.