Islomiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibi belgilandi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar hujjatlari masofaviy tarzda qabul.muslim.uz sayti orqali qabul qilinadi.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga:

2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham)

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • pasport (elektron shaklda);
  • attestat yoki diplom (akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risida) elektron shaklda;
  • til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (attestat yoki diplomida yozilgan chet tilidan boshqa xorijiy tilda topshirmoqchi bo‘lganlar uchun) elektron shaklda.

Oliy diniy ta’lim muassasalariga:

Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasiga : 2020 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha (shu kuni ham);

Hadis ilmi maktabiga: 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham).

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • pasport (elektron shaklda);
  • o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.