Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — O‘zbekistonda elektrotexnika, mexanika, texnologiya, geologiya va energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan Oliy taʼlim muassasasi.

1918-yilda tashkil topgan Turkiston xalq universitetining „Texnika“ fakulteti tarkibida “Elektromexanika" boʻlimi ochilgan boʻlib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi boʻyicha kadrlar tayyorlab chiqarish ham moʻljallangan edi.

1920-yilda fakultet davlat universiteti maqomiga ega boʻlgach, unda „Maxsus mexanika“ boʻlimi taʼsis etilib, 69 talaba taxsil ola boshladi.

1952-yilda mazkur fakultetlar negizida Toshkent politexnika instituti tashkil topdi. Oʻzbekiston Prezidentining 1991-yil 30-apreldagi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 13-mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Ayni vaqtda Vazirlar mahkamasi sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, meʼmorchilik fakultetlarini birlashtirib — Toshkent arxitektura-qurilish instituti, kimyo-texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib — Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etish haqida ham qaror qabul qilgan boʻlib, amalda ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy texnika oʻquv yurtlari- Toshkent davlat texnika universiteti,Toshkent meʼmorchilik-qurilish instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilgan edi.

Toshkent politexnika institutining: „geologiya-qidiruv“, „kon-metallurgiya“, „avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari“, „sanoat energetikasi“, „neft va gaz“, „radioelektronika va avtomatika“, „energetika fakultetlari“. Toshkent mashinosozlik institutining: mexanika; texnologiya; mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash; traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qoʻshilib, yangi — Toshkent davlat texnika universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi.

Hozirda universitetda quyidagi fakultetlar mavjud: 

Geologiya-qidiruv fakulteti

“Geologiya-qidiruv" fakulteti universitet kengashining 2018 yil 8-sonli qarori hamda Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirliginig kelishuvi asosida 2018 yil 3 sentyabrda tashkil etilgan. 

Geologiya-qidiruv fakulteti 2018 yilda tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan paytda tasarrufida 5 ta kafedra mavjud bo’lib, ular: Geologiya, mineralogiya va petrografiya, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi, Neft va gaz geologiyasi, Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi, Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning geofizik usullari kafedralari.

Aviakosmik texnologiyalari fakulteti

Aviakosmik texnologiyalar fakulteti O`zbekiston aviatsiya sohasi uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Fakultet 1956 yilda Toshkent Politexnika instituti qoshida tashkil etilgan. O`z faoliyati davomida Samolyotsozlik (1956 y.), Toshkent davlat aviatsiya instituti tarkibida Aviakosmik va Fuqaro aviatsiyasi (1995 y.), Toshkent davlat texnika universiteti tarkibida Aviatsiya (2008 y.) nomlari bilan faoliyat yuritgan. 2016 yilda fakultet o`z faoliyatini tugatgan va kafedralar boshqa fakultetlarda faoliyat ko`rsatgan. 60 yildan oshiq bo`lgan faoliyati davomida respublikamiz aviatsiya sohasiga 40 mingdan ziyod yuqori malakali kadrlar tayyorlagan.Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Aviakosmik texnologiyalar fakulteti faoliyati 2019 yil fevral oyidan qayta tikladi.Havo kemalari va jihozlariga texnik xizmat ko`rsatish, parvozlarning radiotexnik ta’minoti, havodagi xarakatni boshqarish va tashki etish bo`yicha dispetcherlar, radioelektron sohaga mutaxassislar hamda sanoat mahsulotlari bo`yicha dizayner tayyorlash fakultet jamoasi oldiga qo`yilgan vazifalardan biridir.

Elektronika va avtomatika fakulteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Elektronika va avtomatika fakulteti 1962 yil Toshkent politexnika institutining “Injiner fizika" fakulteti sifatida tashkil etilgan. 1972 yil fakultetdan “Avtomatlashtirilgan tizimlarini boshqarish" fakulteti ajralib chiqqan. Bu fakultetlarni tashkil etilishi, rivojlanishida hamda elektronika va kibernetika sohasidagi oliy ma’lumotli injiner kadrlarni tayyorlashda taniqli akademiklardan U.A.Aripov, S.V.Starodubtsov, M.Z.Xamudxonov, V.K.Kabulov, G.R. Rahimov va professor B.U. Umarovlar xizmat ko’rsatgan.

Energetika fakulteti

Energetika fakulteti 1920 – yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibida tashkil topgan bo`lib, 1923 – yilda birinchi injener-elektrik mutaxassislar tayyorlangan. Energetika fakultetining tashkil etilishida asos solgan va energetik injener kadrlarni tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatgan olim akademik A.G.Aleksandrov bo`lgan.

2005 yilda Energetika fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmoyishga asosan qayta tashkil etildi. Hozirda fakultet tarkibi, 6 ta yo’nalish bo’yicha bakalavrlar va 14 ta mutahasislik bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.Institut qoshida DAK “O‘zbekenergo" va boshqa yirik korxona tashkilotlar raxbarlari va injener-texnik xodimlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.

Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti 

1921-yil professor M.M. Protodyakonov tashabbusi Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida konchilik bo‘limi ochilib, Markaziy Osiyoda ilk bor konchi muhandislar tayyorlashga asos solindi. 1930 – yilda O’rta Osiyo davlat universitetining konchilik-geologiya bo‘limlari va kafedralari zaminida O’rta Osiyo geologiya-qidiruv instituti tashkil etilib, 1931 yilda u O’rta Osiyo konchilik institutiga aylantirildi. 1933 – yilda u qurilish va energetika institutlari bilan birlashib, O’rta Osiyo industrial institutining dastlabki uchta: konchiiik-geologiya, qurulish va energetika fakultetlarini tashkil etildi.Konchilik fakulteti 1952-yilga qadar O’rta Osiyo politexnika instituti tarkibida konchilik va geologiya-qidiruv muhandislari tayyorlash bo’yicha faoliyat olib borib, shu yili u konchilik va geologiya-qidiruv fakultetlariga ajratildi. Bu ikki fakultet 1996-yilga qadar mustaqil faoliyat olib bordilar va shu yili yagona-konchilik-geologiya fakulteti maqomida birlashtirildi.2016 yilda fakultet Muhandislik geologiyasi va konchlik ishi fakultetiga aylantirildi. 2018 yilda mazkur fakultet bazasida 2 ta yangi fakultet : Konchilik ishi va metallurgiya hamda Geologiya-qidiruv fakultetlari tashkil etildi.

Mashinasozlik fakulteti 

Mashinasozlik fakulteti 2017 yilda tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan paytdan tasarrufida 6 ta kafedra mavjud bo’lib, ular: Xizmat ko’rsatish texnikasi, Yer usti transporti tizimlari, Mashinasozlik texnologiyasi, Energiya mashinasozlik va kasb ta’limi, Chizma geometriya va kompyuter grafikasi hamda Oliy matematika kafedralari.

Mexanika fakulteti 

Mexanika fakulteti 2017 – yilda tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan paytda tasarrufida 8 ta kafedra mavjud bo’lib, ular: Materialshunoslik, Metallarga bosim bilan ishlov berish, Quymakorlik texnologiyalari, Sovutish va kriogen texnikasi, Texnologik mashinalar va jihozlar, Nazariy mexanika va mashina va mexanizmlar nazariyasi, Materiallar qarshiligi va mashina detallari, Umumiy fizika kafedralari.

Mexanika fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlar davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalar asosida olib boriladi.

Muhandislik texnologiyalari fakulteti 

Muhandislik texnologiyalari fakulteti 2017 yilda tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan paytda tasarrufida 5 ta kafedra mavjud bo’lib, ular: Korporativ boshqaruv, Biotexnologiya, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi,Biotibbiyot muxandisligi hamda Umumiy kimyo kafedralari.

Universitet Kengashining 2018 yil 14 dekabrdagi 5-sonli bayoniga asosan fakultet ikkiga ya‘ni, Muhandislik tehnologiyalari va Aviakosmik tehnologiyalar fakultetlariga ajratildi.

Ijtimoiy – gumanitar fanlar markazi