Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni respublika OTMning sirtqi va kechki taʼlim shakliga qabul qilish shartlari belgilandi


Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021/2022 o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.



Bunda:

— vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021/2022 o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

— vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

— suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki taʼlim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi taʼlim shakli uchun 5 yil, kechki taʼlim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.