INHA talabalari shartnoma to‘lovini eski narxda amalga oshiradi


Toshkentdagi INHA universitetida #MITCROADMAP2018 anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda so‘zga chiqqan Toshkentdagi INHA universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev bu yil tahsil uchun to‘lov shartnomalari qimmatlashishi universitetning 2,3,4-bosqich talabalariga daxl qilmasligini aytdi. Bu talabalar eski narxlarda shartnoma pullarini to‘lashadi. Qo‘shimcha to‘lovlarni esa O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘lashni zimmasiga oladi.

Rektor, shuningdek, universitetda tadqiqotlar faoliyati boshlanishini ma’lum qilib, chet eldan professor-o‘qituvchilar jalb etilayotgani, mahalliy o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonlari haqida so‘z yuritdi.

Manba: xabar.uz