Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi o‘rniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi o‘rniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini bir vaqtda tegishli yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimlariga tayinlanadi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamg‘armalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 10 ta shtat birligini ajratgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasida Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etiladi.


Manba: xabar.uz