IIV Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakli birinchi bosqich kursantlari o‘quv yilini boshladi


Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi O‘quv-dala markazida IIV Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakli birinchi bosqichi kursantlari yangi o‘quv yilini boshladilar.

Bu yil Akademiyaning kunduzgi taʼlim shakliga 3 mingdan ziyod nomzod hujjat topshirdi. Nomzodlarning aksariyatini vazirlik akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organi xodimlari, profilaktika inspektori yordamchilari hamda fuqarolik taʼlim muassasalari bitiruvchilarini tashkil etdi.


Adolatli, ochiq va shaffof tarzida tashkil etilgan maxsus kasbiy tanlov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra akademiya kursanti degan sharafli nomga sazovor bo‘ldilar.


Ayni kunlarda O‘quv-dala markazida kursantlar bilan birinchi kursdan boshlab mutaxassislikka yo‘naltirilgan holda dars mashg‘ulotlari tashkillashtirilib, ularning kasbiy, jangovar hamda jismoniy ko‘nikmalari bosqichma-bosqich shakllantirib borilmoqda. Taʼlim amaliyot bilan uzviy tarzda yo‘lga qo‘yilib, mashg‘ulotlar xalqaro yondashuv hamda taʼlimning interfaol usullari yordamida amalga oshirilishi soha uchun professional bilim darajasi yuqori, maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati