Akademiyaga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablarga javob berishi kerak.
Asosiy talablar
-
Nomzod Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak.
-
Yoshi: 17 yoshdan kichik emas (qabul yilida 17 ga to‘ladiganlar) va 25 yoshdan katta bo‘lmasligi (shu jumladan 25 yoshdagilar).
-
Maʼlumoti: umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki professional maʼlumotga ega bo‘lishi shart.
Ariza topshirish muddati va manzili
-
Arizalar 2026-yil 15-fevral kuniga qadar qabul qilinadi.
-
Qabul joyi: Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati huzuridagi Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markazi.
-
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 7-uy.
Qabul bosqichlari
Qabul jarayoni 3 bosqichda o‘tkaziladi:
-
Dastlabki tanlov
-
Maxsus kasbiy tanlov
-
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat
1) Dastlabki tanlov
-
Nomzodning hujjatlari va tavsiflovchi maʼlumotlari to‘planadi.
-
Nomzod haqida turli maʼlumotlar o‘rganiladi.
-
Sog‘ligi bo‘yicha yaroqlilik aniqlanadi.
-
Nomzodlar harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
2) Maxsus kasbiy tanlov
-
Hujjatlarni o‘rganish
-
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
Maxsus kasbiy tanlovdan o‘tgan nomzod yakuniy suhbatga qo‘yiladi.
3) Yakka tartibdagi yakuniy suhbat
Suhbat quyidagi fanlardan bo‘ladi:
-
Huquqshunoslik
-
Oʻzbekiston tarixi
-
Tarbiya fanlari
Maxsus kasbiy tanlov va yakuniy suhbat IIV Akademiyasida o‘tkaziladi.
Qabul qilish tartibi
Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga qabul qilinadi.
Imtiyozlar
Quyidagilar dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgach, yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi:
-
Xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari
-
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari
-
Vazirlik akademik litseylarining huquqshunoslik fani bo‘yicha idoraviy fan olimpiadasi g‘oliblari
Shuningdek:
-
Matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari bo‘yicha nufuzli xalqaro, mintaqaviy va respublika olimpiadalari sovrindorlari
-
Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgach, Davlat komissiyasi qarori asosida, qabul kvotalari doirasida, yakuniy suhbatsiz qabul qilinishi mumkin.