Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2017 yil 16 avgustdagi PQ–3216-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2017 yil 16 avgustdagi PQ–3216-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Xususan, 2-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Akademiya kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi 600 nafarni, sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha 500 nafar oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lmagan oliy ma'lumotli profilaktika inspektorlarini hamda 200 nafar ichki ishlar organlari xodimlarini, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha masofadan o‘qitish shaklini qo‘llagan holda qo‘shimcha ravishda 1000 nafar oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lmagan oliy ma'lumotli profilaktika inspektorlarini tashkil etadi;";
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi – o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldiriladi:
“2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Akademiyada quyidagi ta'lim shakllari joriy etiladi:
“Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati" mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi ta'lim;
oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lmagan oliy ma'lumotli profilaktika inspektorlarini o‘qitish bo‘yicha ikki yillik sirtqi ta'lim.".
3-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha o‘qitish Toshkent shahri va Toshkent viloyati profilaktika inspektorlari uchun Akademiyada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar profilaktika inspektorlari uchun masofadan o‘qitish shakllari qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan dastur asosida amalga oshiriladi.".
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:
*Ichki ishlar organlarida kamida 3 yillik ish stajiga ega xodimlarning sirtqi ta'lim shaklida o‘qish muddati oliy ma'lumotga ega bo‘lmaganlar uchun – 4 yil, oliy ma'lumotga ega bo‘lganlar uchun 3 yil, oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lmagan oliy ma'lumotli profilaktika inspektorlari uchun esa – 2 yilni tashkil etadi.
**Ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlanish uchun fuqarolik oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan shaxslarni kasbiy tayyorlash – olti oylik dastur bo‘yicha, serjantlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlanish uchun – o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni kasbiy tayyorlash – besh oylik dastur bo‘yicha amalga oshiriladi.".