Hokimliklar talaba qizlarning kontraktini to‘lab berishi kerak. Kimlarniki to‘lanadi?


Har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizlar kontrakti to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs uchun, 100 tasi 2- va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.

Qaysi toifadagi qizlar?

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;
  • yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
  • boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

Shu toifaga kirsa ham, lekin:

  • ikkinchi mutaxassislikda;
  • O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.