Harbiy institut bitiruvchilarining bilim va mahorati sarhisob qilinmoqda


Shu kunlarda boshqa oliy harbiy taʼlim muassasalarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining 5-bosqich kursantlari ham davlat imtihonlarini topshirishmoqda.


Bitiruvchi kursantlar davlat imtihonlarini qabul qiluvchi komissiya tarkibi oldida 5 yil davomida malakali professor o‘qituvchilar, ofitserlardan olgan bilimlarini mahorat bilan namoyon etyapti. Jarayon nazariy va amaliy shaklda olib borilmoqda. Bo‘lajak ofitserlar jismonan, maʼnan va intellektual jihatdan hech kimdan kam emasliklarini baralla isbotlashmoqda.


Ishonchimiz komilki, bo‘lajak yosh ofitserlar harbiy institutda olgan bilim va ko‘nikmalarini Qurolli Kuchlarimiz jangovar shayligini va mudofaa salohiyatini oshirishda, axborot kommunikatsiya sohasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘shish orqali amalda ko‘rsatishadi.