Guliston davlat universitetida germaniyalik mutaxassis “Mahorat darslari” o‘tkazdi


2019 yilning 19 fevral kuni Germaniyaning Gyottingen universiteti professori, Sharq davlatlari tarixi kafedrasi mudiri Yeva Ortmann xonim Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniyalik ekspert tarix yo‘nalishi talabalari va professor o‘qituvchilariga Gyottingen universitetining va Sharq davlatlari tarixi kafedrasining tadqiqot loyihalari haqida taqdimot o‘tkazdi.

Ortmann xonim nemis ilmiy tadqiqotlarining bugungi kundagi zamonaviy yo‘nalishlari to‘g‘risida “Mahorat darslari" ni o‘tdi hamda Guliston davlat universiteti mutaxassislari bilan kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tadqiqot loyihalari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.