Fargʻonada Koreya xalqaro universiteti tashkil etiladi


“Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida" Hukumat qarori qabul qilindi (714-son, 23.08.2019-y.).

Universitet respublika iqtisodiyot va sanoat tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlaydi.

Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti sifatida tashkil etiladi.

Universitetda oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida koreys, ingliz va oʻzbek tillarida kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi, bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Universitetda birinchi oʻquv yilida 9 ta yoʻnalishda, 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 14 ta yoʻnalishda mutaxassislar tayyorlanadi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.