Endilikda “byudjet”da o‘qigan talabalar kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarda ishlaydi


Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Kecha, 8 iyun kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qaroriga muvofiq, o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turlari soni 24 tadan 67 taga ko‘paytirildi. 

Davlat rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirilishi taklifi bildirildi.