Endi pedagoglarning dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim baholanadi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

  • magistraturaning oxirgi bosqich talabalariga 0,5 stavkagacha pedagogik faoliyat olib borishga ruxsat beriladi;
  • tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish vazirlikning maxsus elektron platformasi orqali amalga oshiriladi;
  • OTMning pedagog xodimlari faoliyatini o‘rganish va baholashning yangi KPI tizimi joriy etiladi;
  • pedagoglarning dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim baholanadi.

5 mart kuniga qadar muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.