Endi abituriyentlar 5ta fandan test sinovi topshiradi. Barcha yo‘nalishlarda majburiy 3ta fan bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi.

Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan quyidagi uchta fan kiritiladi:

- ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);

- matematika;

- O‘zbekiston tarixi.

Ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.