Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
- Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
- Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
- Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
- Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.