Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati xabar bermoqda.
Alberta universiteti keng miqyosdagi doktorantura va magistratura dasturlarini taklif qiladi. To‘liq grant asosida ta’lim olishni istaydigan nomzodlar “El-yurt umidi" jamg‘armasining stipendiya dasturlariga ariza taqdim etishlari shart.
Bundan tashqari, nomzodlar magistrlik va doktorlik darajalari uchun bevosita Alberta universitetiga hujjat topshirishlari lozim.
Studentlar agarda Alberta universiteti bo‘limi, aspirantura va ilmiy tadqiqotlar fakul’teti akademik talablariga javob bersa va so‘ralgan ta’lim sohasi bo‘yicha ilmiy rahbarga ega bo‘lgan taqdirda o‘qishga qabul qilish uchun ko‘rib chiqiladi. Alьberta universitetining tegishli fakultetlariga o‘qishga qabul qilinish uchun minimal talablar va ariza topshirish jarayonlari FGSRning veb-saytida yoritilgan.
Nomzodlarni tanlab olish uchun 2 ta asosiy bosqich mavjud:
I. Alberta universitetida ta’lim olishni xohlovchilar “El-yurt umidi" jamg‘armasi tomonidan belgilangan bosqichlar va muddatda stipendiyalariga ariza topshiradilar.
II. Talabalar Alberta universitetining magistratura yoki aspirantura yo‘nalishlariga (o‘z tanlovlari bo‘yicha ) belgilangan tartibda ariza topshirishlari shart. Arizalar universitet tomonidan belgilangan muddat davomida taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Ariza topshirish vaqtida talabalar Alьberta universiteti koordinatoriga o‘qishga qabul qilinish uchun ariza topshirayotganlarini va Alьberta Universiteti - “El-yurt umidi" qo‘shma dasturiga yozilish istagida ekanliklarini bildirishlari shart. Agar talaba Alberta universitetiga qabul qilinish uchun tanlansa, o‘qishga qabul qilinish haqidagi xatning kuchga kirishi Jamg‘armaning stipendiyasini olish vaqtiga bog‘liq.