DIQQAT, TANLOV!


Barcha kollej va litsey o‘quvchilari diqqatiga!

Talaba bo‘lishni xohlaysizmi? Buning uchun bilimingizni yanada kuchaytirish imkonini qo‘lga kiritmoqchimisiz?

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan “Mehnat huquqi bilimdoni" tanlovida ishtirok eting va ajoyib sovrinlarni qo‘lga kiriting!

Buning uchun www.tanlov.yk.uz saytiga tashrif buyurib, mehnat qonunchiligiga oid test savollariga javob berishingiz lozim.

Saralash bosqichidan o‘tib, respublika bosiqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritadi:

  • 1-o‘rin: Respublika hududidagi o‘quv markazlaridan birida uchta fandan ko‘pi bilan bir yillik bepul o‘qish uchun sertifikat;
  • 2-o‘rin: Respublika hududidagi o‘quv markazlaridan birida ikkita fandan ko‘pi bilan bir yillik bepul o‘qish uchun sertifikat;
  • 3-o‘rin: Respublika hududidagi o‘quv markazlaridan birida bitta fandan ko‘pi bilan bir yillik bepul o‘qish uchun sertifikat.

G‘oliblarga o‘z xohishiga binoan bepul o‘qish uchun berilgan sertifikat o‘rniga mukofot sifatida Lenovo Core i5 noutbugi (1-o‘rin), Samsung Galaxy Tabe plansheti (2-o‘rin), Xiaomi RedMi Pro smartfoni (3-o‘rin) berilishi mumkin.

Shuningdek, g‘oliblar o‘z ixtiyori bo‘yicha bepul o‘qish huquqini boshqa shaxsga ham o‘tkazishi mumkin.

Saralash bosqichi 12-16 iyun kunlari orasida o‘tkaziladi.