Diqqat! Bojxona institutiga qabul davom etmoqda


Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona institutiga 2019/2020 o‘quv yili uchun abituriyentlar tanlovi davom etmoqda . Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona institutiga kirish istagini bildirgan abituriyentlardan arizalar qabul qilish joriy 2019 yilning 1 fevralidan 1 apreliga qadar davom etadi.

O‘qishga topshiruvchi nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan; 

- harbiy xizmatni o‘tamagan 17 yoshdan 21 yoshgacha (qabul yilida 17 yoshga to‘ladiganlar) bo‘lgan;

- harbiy ofitserlar tarkibi unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar yoki harbiy xizmatni o‘tagan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tanlov asosida qabul qilinadilar.

Nomzod o‘g‘il bolalarning bo‘yi 165 sm dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo‘lmasligi lozim. 

Mazkur institutga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar doimiy yashash manzilidagi bojxona boshqarmalarining Kadrlar xizmatiga murojaat etgan xolda, kerakli xujjatlar, test sinovlari o‘tkazish tartibi va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni olishlari mumkin.

“Toshkent-AERO" IBK Kadrlar bo‘limi

Tel: (78)120-86-30, (78)120-86-35

Manzil: “Islom Karimov" nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti