Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz shahrida filiali ochiladi. Filial universitetning yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Bu haqda Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Hukumat qaroriga ko‘ra ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Filialning 2017/2018 o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Surxondaryo viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur oliy ta’lim muassasalariga to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30% dan (68,0 balldan) kam bo‘lmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Shuningdek, Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Filial Termiz davlat universitetining yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Qarorga ko‘ra ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Filialning 2017/2018 o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Surxondaryo viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur oliy ta’lim muassasalariga to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30% dan (68,0 balldan) kam bo‘lmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Batafsil: xabar.uz