Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va M.R. fuqaro G.Gʻ. ni Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Quva tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Oʻ. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi universitetidagi oʻqishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filialiga koʻchirib berishi evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.