Qorovulbozorda 6-sinf o‘quvchisi CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o‘quvchisi Sarvar Yunusov ingliz tilidan CEFR B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sarvar Yunusov hozirda vaqtining ko‘p qismini ingliz tilini o‘rganishga bag‘ishlagan. Ustozi aytishicha, u CEFR imtihoniga bir oydan ortiqroq vaqt tayyorlangan.
‘‘Sarvar hozirda Qorovulbozor tumanidagi eng yosh CEFR B2 sertifikat egasi bo‘lib turibdi. Kelajakda yana tayyorlanib sertifikatini yangilashni rejalashtiryapti’’, — deydi ustozi.
Sarvar Yunusov chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi bo‘limlarida quyidagi natijalarni qayd etdi:
-
Listening (tinglab tushunish): 54
-
Reading (o‘qish): 56
-
Writing (yozish): 59
-
Speaking (gapirish): 45