Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Platformaga:
- tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
- 3×4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Shundan:
- 118 595 nafari – kunduzgi ta’lim shakliga;
- 20 650 nafari – dual ta’lim shakliga.