Bugun kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi


2023-yil 10-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul" bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

10-sentabr — professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.