Adliya vazirligi bu yil qaysi oliy taʼlim muassasalari filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochilishi to‘g‘risida maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida:
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.
- Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.
- Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.
- O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi.
- “Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi", “transport logistikasi" va “ijodiy sanoat" (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimiyo‘lga qo‘yiladi.
- Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘z faoliyatini boshlaydi.
- Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlariochiladi.