"So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlarsoni o‘rtacha 10-15% ga ko‘payib borgan. Shu yilning may oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning "2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limmuassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida“gi qarori tasdiqlangan edi. Ushbu qarorga asosan qabul kvotasi rejasi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 10 mingtaga — 57 907 dan 66 316 taga ko‘paytirildi. Shuningdek, oshirilgan to‘lov-kontrakt stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabul joriy etiladi"- dedi DTM vakili.
Shu bois oliy ta’lim muassasalari oldiga kelgusi besh yil uchun qator yangivazifalar qo‘yilgan. Yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorli ko‘rnatish, hududlar talabidan kelib chiqib mutaxassislar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘z ilmiy salohiyatini mustahkamlash kabilar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, har bir oliy ta’lim muassasi 13 yillik, ya’ni 2030 yilga qadar rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishi darkor.
Oliy ta’lim tizimini isloh qilish borasida yana bir qadam qo‘yilmoqda — ta’limsifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasihuzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etiladi.