Bojxona institutiga o‘qishga qanday kirish mumkin?


Vazirlar Mahkamasining 29.04.2019-yildagi 365-son qarori bilan Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

«Bojxona ishi» va «Yurisprudensiya» yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatga qabul bir nechta bosqichda: dastlabki tanlov; maxsus kasbiy tanlov; test sinovlari orqali o‘tkaziladi.

Arizalar 1-yanvardan 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

yakka tartibda suhbatlashish;

individual-psixologik o‘rganish;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

Maxsus kasbiy tanlov 25-iyungacha o‘tkaziladi va quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

psixofiziologik o‘rganish;

tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

yozma ish (diktant);

kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish;

yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Test sinovlari 5-iyulgacha o‘tkaziladi.

Ushbu oliy o‘quv yurtining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi alohida nizom bilan tasdiqlangan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2019-yildan kuchga kirdi.