Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida maxsus kurslar tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Kun.uz shu haqda yozmoqda.

Hujjat bilan 2019 yil 1 martdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida (Respublika oliy maktabi) quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus kurslar tashkil etiladi:

sud boshqaruvchisi attestatini olishga talabgorlarni maxsus dastur bo‘yicha shartnoma asosida o‘qitish;

tegishli toifadagi sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun asos bo‘ladigan o‘qishni tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish;

sud boshqaruvchilarining kasbiy darajasi va malakasini oshirish.