Avaz Mansurov Milliy estrada san’ati instituti rektori etib tayinlandi


Hukumat qarori bilan Avaz Mansurov O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining rektori etib tayinlandi. 

Kompozitor Avaz Mansurov 1957 yil 2 noyabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1982 yilda Toshkent davlat konservatoriyasining bastakorlik bo‘limini professor B.Zeydman sinfida, 1986 yil assistent-stajyorlikni professor F.Yanov-Yanovskiy sinfida tamomlagan. 

Professor Avaz Mansurov O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik kafedrasi mudiri, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Bastakorlar uyushmasi kotibi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti prezident qarori bilan 2021 yil 16 oktyabrda tashkil etilgan.

Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi. 

Institut milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi.