Joriy yildan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovi natijalari bo‘yicha o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.
Misol uchun, tavsiyanomasi bor sobiq oddiy askar kirish imtihonida 50 ball to‘plasa, unga 25 ball qo‘shib beriladi.
Avvalgi yillari esa to‘plash mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz berilardi. Bu o‘zgarmas 61.24 ballga teng edi.
Nizomning boshqa qismlari o‘z holicha qolgan.