Apellyasiya arizalari mandatdan keyin qabul qilinadi


Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin boʻladi.

Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi.

Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan boʻlishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.